HUSAYN JOVID

HUSAYN JOVID

HUSAYN JOVID (taxallusi; asl nomi Husayn Rasizoda) (1884.24.10, Naxichevan — 1944) — ozarbayjon shoiri, dramaturg. Ozarbayjon ro-mantizmining yirik vakili va asos-chilaridan biri. Istanbul un-tida oʻqigan (1905—09). «Oʻtgan kunlar» (1913), «Bahor shabnamlari» (1917) sheʼriy toʻplamlari va «Shaydo» dramasi (1917)da xalqning adolatsizlik, zulmga qarshi isyoni aks etgan. «Ona» (1910), «Maral» (1912), «Shayx Sanʼon» (1912—14) dramalarida va «Iblis» tragediyasi (1918)da gumanizm va insonparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. «Paygʻambar» (1922), «Toʻpol Temur» (1926), «Knyaz» (1929), «Siyovush» (1933), «Xayyom» (1936), «Iblisning intiqomi» (1936) kabi tarixiy va falsafiy dramalar yozgan. «Maral», «Iblis», «Shayx Sanʼon», «Toʻpol Temur» 20-y. larda Xurshid tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. «Shayx Sanʼ-on» dramasi Hamza nomidagi Oʻzbek akademik drama. teatrida sahnalashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
HUSAYN JOVID