CHORVACHILIK

CHORVACHILIK

CHORVACHILIKqishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va b.), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h. k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va b.), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va b.) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Ch. rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va b. boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.

Ensiklopediya.uz
CHORVACHILIK