HUJAYRA NAZARIYASI

HUJAYRA NAZARIYASI

HUJAYRA NAZARIYASI — barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri. Hujayra nazariyasiga bino-an hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasi tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch. Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-a. da tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir.

Ensiklopediya.uz
HUJAYRA NAZARIYASI