HAVO YOSTIGʻI

HAVO YOSTIGʻI

HAVO YOSTIGʻImashina (mas, avtomobil, teplovoz va b.)ning asosi (tag sirti) bilan tayanch sirt (mas, yer sirti, suv sirti) orasida, mexanizmlarning qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchan elementlari orasida hosil qilinadigan yuqori bosimli havo sohasi. Oʻzaro tutashuvchi ikki sirt orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirish va tezlikni oshirish uchun qoʻllanadi. Havo yostigʻini hosil qilishning statik va dinamik usullari mavjud. Statik usulda Havo yostigʻi ventiyator yoki kompressor yordamida, dinamik usulda havo oqimining nisbiy tezligi hisobiga hosil qilinadi. Havo yostigʻi hosil qilishning turlituman sxemalari yaratilgan. Shularning ichida kamerali, soploli, tirqishli va qanotli sxemalar koʻproqishlatiladi (rasmga q.). H. yo. li kemalar, poyezdlar (mas, Yaponiyada), ekranoplan va b. yaratilgan, lekin hali keng rasm boʻlganicha yoʻq.

Ensiklopediya.uz
HAVO YOSTIGʻI