CHINGIZXON YASOSI

CHINGIZXON YASOSI

CHINGIZXON YASOSI, Buyuk yasoq, Buyuk yasa (moʻgʻulcha «jasoq» — qonun, qaror, jazolash soʻzining turkiy «yasoq» shakli) — Chingizxon tomonidan moʻgʻul qabilalarining Oʻnon daryosining boshlanish joyida chaqirilgan qurultoyi (1206)da qabul qilingan qonunlar majmui, oʻrta asrlar moʻgʻul hukuqi toʻgʻrisidagi asosiy yozma yodgorlik. Chingizxon amriga binoan yozilib, «Oltun daftar» (chingiziy xonlarning rasmiy tarixi) bilan birga xon xazinasida saqlangan. Moʻgʻullar davlatining tashkil topishi bilan Chingizxon yasosini takomillashtirish, yangi qonunlar bilan toʻldirish zarurati tugʻilgan. 1218-y. da unga muhim tuzatishlar kiritilgan. Chingizxon yasosining soʻnggi tahriri 1225-y. dagi qurultoyda qabul qilingan.

Ensiklopediya.uz
CHINGIZXON YASOSI