HOLAT DIAGRAMMASI
HOLAT DIAGRAMMASI, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (t-ra, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h. k.). H. d. bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va b. boʻlishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
HOLAT DIAGRAMMASI