ChELAK

ChELAK

ChELAK — Samarkand viloyati Payariq tumanidati shahar (1981-y. dan). Ilgari uning oʻrnida Oytamgʻali qishlogʻi boʻlgan. Chelak tuman markazi (Payariq)dan 8 km, yaqin t. y. stansiyasi — Samarkand (36 km). Aholisi 16,6 ming kishi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Payariq kanalidan suv oladi. Shahardagi korxona va mikrofirmalar asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Chelakda OʻzbekistonRossiya «BaltimorChelak» qushma korxonasi (tomat pastasi ishlab chiqaradi) faoliyat kursatadi. 4 savdo markazi, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 4 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa maktabi, kasbhunar kolleji, 3 kutubxona, 4 madaniyat uyi, stadion, sport zali, markaziy kasalxona, 8 dorixona va b. tibbiy muassasalar bor. Ch. yaqinidagi Xartang qishlogʻida Buxoriy yodgorlik majmui barpo qilingan (1998).

Ensiklopediya.uz
ChELAK