HAMZA Hakimzoda Niyoziy

HAMZA Hakimzoda Niyoziy

HAMZA Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, Qoʻqon — 1929. 18.8, Fargʻona viloyati Shohimardon qishlogʻi) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solka-shon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil koʻrgan. 1909-y. da Kogonda mat-baada ishlagan. Soʻngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining oʻquv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qash-qardarvoza mahallasida (1910), keyin Qoʻqon sh. ning Hojibek guzarida (1911) va Margʻilonda (1914) ochgan. Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi, «Shoʻroi islom» tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, «Kengash» va «Hurriyat» jur. larida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyo-ridagi Oʻlka musulmon siyosiy trup-pasida rejissyor (1919), «Dor ushshafaqa» maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibottashviqot shoʻbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassa-salarida mudir (1921—24), Fargʻona maorif qoʻmitasi qaramogʻidagi ong-bilim shoʻbasida mudir oʻrin-bosari (1924) singari turli lavo-zimlarda xizmat qilgan. 1926-y. dan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928-y. avg. dan Shohimardonda targʻibottashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
Hamza Hakimzoda Niyoziy