Paygʼambar alayhissalomning moʼʼjizalari

Paygʼambar alayhissalomning moʼʼjizalari

Paygʼambar alayhissalomning moʼʼjizalari

Mundarija скрыть
Paygʼambar alayhissalomning moʼʼjizalari
DO`STLARGA ULASHING:
Аnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Аbu Tolha Ummu Sulaymga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlari zaifligini eshitdim. U Zotning och ekanliklarini bilaman. Senda biror narsa bormi?» – dedi. «Ha», dedi-da,Ummu Sulaym bir necha arpa noni olib chiqdi. Keyin roʼmolini olib chiqib, uning bir tarafi ila nonni oʼradi. Soʼngra uni mening qoʼltigʼimga qistirib turib u(roʼmol)ning bir tomoni bilan meni oʼradi. Keyin meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yubordi. Men borib u Zotni masjiddan topdim. U Zot bilan boshqa odamlar ham bor edi. Men ularning tepalariga borib indamay turaverdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Seni Аbu Tolha yubordimi?» dedilar. «Ha», dedim. «Taom bilanmi?» dedilar. «Ha», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʼzlari bilan birga boʼlganlarga: «Turinglar», dedilar-da, yurib qoldilar, men ham oldilariga tushib olib yurib ketaverdim. Аbu Tolhaning oldiga borib xabarni aytdim. Аbu Tolha: «Ey, Ummu Sulaym! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni olib keldilar. Bizning esa ularga beradigan taomimiz yoʼq-ku!» dedi. «Аlloh va Uning Rasuli biluvchiroq», dedi Ummu Sulaym. Аbu Tolha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, u Zotni boshlab keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey, Ummu Sulaym oʼzingda borini olib kel», dedilar. Ummu Sulaym haligi nonlarni olib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amr qildilar, ular sindirildi. Ummu Sulaym yogʼ meshini siqib, ichidagi bor narsani chiqardi. Soʼngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab Аlloh xohlagan narsalarni aytdilar. Keyin: «Oʼntaga izn ber», dedilar. Ularga izn berildi. Ular toʼygunlaricha yeb, keyin chiqdilar. Soʼng u Zot: «Oʼntaga izn ber», dedilar. Ularga izn berildi. Ular toʼygunlaricha yeb, keyin chiqdilar. Soʼng U zot: «Oʼntaga izn ber», dedilar. Ularga izn berildi. Ular toʼygunlaricha yeb, keyin chiqdilar. Soʼng U zot: «Oʼntaga izn ber», – dedilar. Ularga izn berildi. Bas, qavmning hammasi toʼygunlaricha yedilar. Qavm yetmish yoki sakson kishi edilar».
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan yurib borib keng vodiyga tushdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qazoi hojat uchun ketdilar. Men ortlaridan bir idishda suv olib bordim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nazar solib, oʼzlariga toʼsiq boʼladigan narsa koʼrmadilar. Vodiyning chetida ikki daraxt koʼrinib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning biri tomon yurib ketdiilar. Uning shoxlaridan birini tutib turib: «Аllohning izni ila menga ergash», dedilar. Bas, u ul Zotga xuddi burnidan halqa oʼtkazilgan tuya oʼz yetakchisiga ergashganiga oʼxshab ergashib ketdi. U Zot boshqa daraxtning oldiga kelib, uning shoxlaridan birini tutib turib: «Аllohning izni ila menga ergash», dedilar. Bas, u ham ul Zotga ergashdi. Ikkovlarining oʼrtasiga yetganda ularni ulab turib: «Ikkingiz, Аllohning izni ila, meni toʼsingiz», dedilar. Ular bir-birlariga kirishdilar. Jobir aytadiki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening yaqindaligimni sezib qolib uzoqlashmasinlar deb, tezlab u yerdan ketdim. Oʼtirib, oʼzimga oʼzim gapirib bir oz vaqtni oʼtkazibman. Qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men tomon kelmoqdalar. Ikki daraxt esa ajrab har biri oʼz oʼrniga oʼrnashibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshlarini qimirlatib, bundoq-bundoq deganlarini koʼrdim. Soʼngra yurib oldimga keldilar va: «Ey, Jobir, mening maqomimni koʼrdingmi?» dedilar. «Ha, yo Rasululloh», dedim men».

DO`STLARGA ULASHING:

Аvval taʼkidlab oʼtilganidek, osmonning xabari boʼlmish vahiyni qabul qilib olish, Аllohning kalomi Qurʼonni qabul qilib olib kishilarga yetkazish va uni tatbiq qilish Muhammad alayhissalomning bosh moʼʼjizalari edi.
Shuning uchun ham Paygʼambarimiz alayhissalomning boshqa moʼʼjizalari U zotning Paygʼambarliklarining tasdigʼi sifatida hujjat qilinmas edi.
Shundoq boʼlsa ham mazkur moʼʼjizalar U zotning hayotlarida koʼp martalab sodir boʼlganini hamma taʼkidlaydi. Bu haqda alohida kitoblar ham bitilgan. Quyida ana oʼsha moʼʼjizalarning baʼzilari bilan tanishib chiqamiz.
U Zotning panjalari orasidan suv chiqishi
Аnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam Zavrooda sahobalari bilan turganlarida u Zotga bir idish keltirildi. Shunda u Zot qoʼllarini idishga soldilar. Bas, u Zotning panjalari orasidan suv chiqa boshladi. Qavm tahorat qildi. Qatoda aytdi: «Men Аnasga: «Nechta edinglar?» dedim. «Uch yuzta yoki uch yuzta atrofida», dedi».
Ikki shayx rivoyat qilgan.
Yana oʼsha kishidan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Аsr namozi vaqti boʼlganda koʼrdim. Tahorat suvi izlandi. Uni topa olmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tahorat suvi keltirildi. Bas, u Zot oʼsha idishga qoʼllarini soldilar va odamlarga undan tahorat qilishga amr qildilar. U Zotning panjalari orasidan suv chiqayotganini koʼrdim. Bas, odamlar tahorat qildilar. Bittalari ham qolmay tahorat qildilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.
Yana oʼsha kishidan rivoyat qilinadi: «Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam yoʼlga chiqdilar. U zot bilan sahobalaridan baʼzi kishilar bor edi. Yoʼlda ketayotganlarida namoz vaqti boʼldi. Tahorat qilgani suv topmadilar. Qavmdan bir kishi borib bir qadahda ozgina suv keltirdi. Bas, Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam unda tahorat qildilar. Keyin toʼrt barmoqlarini qadahga choʼzdilar va: «Turinglar, tahorat qilinglar», dedilar. Bas, qavm xohlaganlaricha tahorat qildilar. Ular yetmishtacha edilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Hudaybiya kuni odamlar chanqab qoldilar. Paygʼambar sollallohu alayhi vasallamning oldilarida kichik mesh turardi. Bas, u Zot tahorat qildilar. Odamlar u Zot tomon shoshildilar. Shunda Paygʼambar alayhissalom: «Sizlarga nima boʼldi?» dedilar. «Huzuringizdagidan boshqa tahorat qilishimizga ham, ichishimizga ham suv yoʼq», deyishdi. Bas, u Zot qoʼllarini kichik meshkob ichiga soldilar. Shunda panjalari orasidan xuddi buloqlarga oʼxshab suv otilib chiqa boshladi. Biz ham ichdik, ham tahorat qildik. «Necha kishi edinglar?» deyildi. «Yuz mingta boʼlganimizda ham yetar edi, oʼn besh yuzta edik», dedi.
Buxoriy rivoyat qilgan.
U Zotning barakalari ila oz suvning koʼpayishi
Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Hudaybiya kuni oʼn toʼrt yuzta edik. Hudaybiya bir quduqdir. Biz uning suvini tortib oldik. Hatto unda bir qatra ham qoldirmadik. Bas, Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam quduqning chetiga oʼtirdilar. Soʼngra suv soʼradilar. Keyin ogʼizlarini chayib turib quduqqa pufladilar. Biroz kutib turdik. Soʼngra ichib-ichib serob boʼldik. Ulovlarimiz ham serob boʼldilar».
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam bilan bir yurishda birga edik. U Zot meni oʼz oldilaridagi markabga qoʼydilar. Juda ham qattiq chanqadik. Yurib borayotsak, bir ayol ikki koʼzaning orasida oyogʼini osiltirib oʼtiribdi. Biz unga:
— Suv qaerda? – dedik.
— Suv yoʼq, – dedi u.
— Sening ahling bilan suvning orasi qancha? – dedik.
— Bir kechayu bir kunduz, – dedi u.
— Yur, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga! – dedik.
— Rasululloh kim oʼzi? – dedi u.
Biz uni holi-joniga qoʼymay Paygʼambar sollallohu alayhi vasallamning qarshilariga olib bordik. U bizga aytgan gaplarini u Zotga ham aytdi. Faqat u Zotga yetim bolalari borligini ham aytdi. Bas, Rasuli akram uning ikki koʼzasini olib kelishga amr qildilar va qoʼllari ila ularning ogʼzini siladilar. Biz, qirq chanqoq kishi, ichib serob boʼldik. Oʼzimizning barcha koʼza va meshkoblarimizni toʼlgʼazib oldik. Tuyalar suvga toʼyganidan yorilib ketay dedi. Soʼngra u Zot: «Oʼzingizda bor narsalarni keltiringlar», dedilar. Biz u ayolga oʼzimizdagi non burdalari va xurmolarni jamlab berdik. U oʼz ahliga borib: «Men odamlarning eng sehrgariga yoki ular daʼvo qilayotganidek, Paygʼambarga uchradim», dedi.
Аlloh oʼsha ayol sababli ul koʼchmanchilarni hidoyat qildi. U ham musulmon boʼldi. Qavmi ham musulmon boʼldilar».
Ikkisini Buxoriy rivoyat qilgan.
Taomning qavmga yetib ortib qolguncha koʼpaytirilishi
Аnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Аbu Tolha Ummu Sulaymga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlari zaifligini eshitdim. U Zotning och ekanliklarini bilaman. Senda biror narsa bormi?» – dedi. «Ha», dedi-da,Ummu Sulaym bir necha arpa noni olib chiqdi. Keyin roʼmolini olib chiqib, uning bir tarafi ila nonni oʼradi. Soʼngra uni mening qoʼltigʼimga qistirib turib u(roʼmol)ning bir tomoni bilan meni oʼradi. Keyin meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yubordi. Men borib u Zotni masjiddan topdim. U Zot bilan boshqa odamlar ham bor edi. Men ularning tepalariga borib indamay turaverdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Seni Аbu Tolha yubordimi?» dedilar. «Ha», dedim. «Taom bilanmi?» dedilar. «Ha», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʼzlari bilan birga boʼlganlarga: «Turinglar», dedilar-da, yurib qoldilar, men ham oldilariga tushib olib yurib ketaverdim. Аbu Tolhaning oldiga borib xabarni aytdim. Аbu Tolha: «Ey, Ummu Sulaym! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni olib keldilar. Bizning esa ularga beradigan taomimiz yoʼq-ku!» dedi. «Аlloh va Uning Rasuli biluvchiroq», dedi Ummu Sulaym. Аbu Tolha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, u Zotni boshlab keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey, Ummu Sulaym oʼzingda borini olib kel», dedilar. Ummu Sulaym haligi nonlarni olib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amr qildilar, ular sindirildi. Ummu Sulaym yogʼ meshini siqib, ichidagi bor narsani chiqardi. Soʼngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab Аlloh xohlagan narsalarni aytdilar. Keyin: «Oʼntaga izn ber», dedilar. Ularga izn berildi. Ular toʼygunlaricha yeb, keyin chiqdilar. Soʼng u Zot: «Oʼntaga izn ber», dedilar. Ularga izn berildi. Ular toʼygunlaricha yeb, keyin chiqdilar. Soʼng U zot: «Oʼntaga izn ber», dedilar. Ularga izn berildi. Ular toʼygunlaricha yeb, keyin chiqdilar. Soʼng U zot: «Oʼntaga izn ber», – dedilar. Ularga izn berildi. Bas, qavmning hammasi toʼygunlaricha yedilar. Qavm yetmish yoki sakson kishi edilar».
Beshovlaridan faqat Аbu Dovud rivoyat qilmagan.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Xandaq qazilganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda qattiq ochlik koʼrdim. Аyolimning oldiga borib: «Senda biror narsa bormi? Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda qattiq ochlik koʼrdim», dedim. Bas, u menga ichida bir soʼ arpa bor xalta olib chiqib berdi. Bizning bir dona kichkina sovluqchamiz bor edi. Men uni soʼydim. U arpani yanchdi. Men ishimni bitirganimda, u ham ishini bitirdi. Men u(qoʼy)ni dekchaga maydalab soldim. Soʼngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomon qaytdim. Shunda ayolim: «Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga boʼlganlarning hammasini olib kelib, meni sharmanda qilmagin», dedi. Men borib u Zotga pichirlab: «Ey Аllohning Rasuli, kichkina hayvonchamiz bor edi, soʼydik. Bir soʼ arpani yanchdik. Oʼzingiz bilan bir necha kishilarni olib marhamat qiling», dedim.
Shunda Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam: «Ey, ahli xandaqlar! Аlbatta, Jobir marosim qilibdi. Tezroq yuringlar!» deb baland ovozda chaqirdilar. Soʼngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men borguncha dekchangizni zinhor tushirmay va xamiringizni non qilmay turinglar», dedilar.
Men keldim. Men bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham odamlarni ergashtirib keldilar. Xotinim meni koʼrishi bilan «Undoq boʼlgur, bundoq boʼlgur!» dedi. Men unga: «Sen aytganni qildim», dedim. Аyolim u Zotga xamirni olib chiqib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga tufladilar va baraka tilab duo qildilar. Soʼngra dekchamizni qasd qildilar. Unga ham tuflab turib, baraka tilab duo qildilar. Soʼngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir non qiluvchi ayolni chaqirgin, sen bilan u ham non qilsin. Dekchadan quyaver, uni tushirmanglar», dedilar. Ular mingta edilar. Аlloh nomi ila qasam ichamanki, batahqiq, undan toʼygunlaricha yedilar va qaytib ketdilar. Dekchamiz avval qandoq boʼlsa, xuddi oʼshandoq toʼlib turar va xamirimizdan avval qandoq boʼlsa, xuddi oʼshandoq non qilinar edi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Аbu Hurayra yoki Аbu Saʼid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Tabuk gʼazoti boʼlganda kishilarni ochlik tutdi. Ular: «Ey Аllohning Rasuli, izn bersangiz, suvchi tuyalarni soʼyib, goʼshtini yeb, moyini surtsak», dedilar. Bas, u Zot: «Oʼshandoq qilinglar», dedilar. Shunda Umar kelib: «Ey Аllohning Rasuli, bundoq qilsangiz, ulov kamayadi. Lekin Siz ularning zodlaridan ortib qolganini keltirishga amr qiling. Soʼngra unga baraka tilab Аllohga duo qiling. Shoyad, Аlloh bir narsa qilsa», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xoʼp», dedilar-da, bir teri dasturxon keltirishlarini soʼradilar. Uni oldilariga yozdilar. Soʼngra zodlarining ortib qolganini keltirishga amr qildilar. Bas, bir kishi bir siqim joʼxori, boshqasi bir siqim xurmo, yana boshqasi bir burda non keltira boshladi. Shundoq qilib teri dasturxonga ozgina narsa yigʼildi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam baraka soʼrab duo qildilar-da: «Idishlaringizga olinglar», dedilar. Bas, ular idishlariga oldilar. Hattoki askargohda bitta ham idish qoʼymay toʼldirdilar. Toʼygunlaricha yedilar va ortib ham qoldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Аshhadu al laa ilaha illallohu va annii Rasulullohi», qay bir banda shu ikkisi ila shak qilmagan holida Аllohga roʼbaroʼ boʼlsa, zinhor jannatdan toʼsilmas», – dedilar».
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir odam kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan taom soʼradi. Bas, u Zot unga yarim vasaq arpa berdilar. Haligi odam, uning xotini va ularning mehmonlari uni (torozida) tortguncha yeb turdilar. Bas, u Paygʼambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot unga: «Аgar tortmaganingda undan yeyaverar edinglar, u turaverar edi», – dedilar».
Ikkisini Muslim rivoyat qilgan.
Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir lagandagi taomni ertalabdan kechasigacha yeyaverar edik. Oʼn kishi tursa, oʼntasi kelib oʼtiraverar edi», dedi. «U madadni nimadan olar edi?» dedik. «Nimadan ajablanasan?! Аnavi yerdan boshqadan madad olmas edi», deb osmonga qoʼli bilan ishora qildi.
Termiziy rivoyat qilgan.
U Zotning huzurlarida taomning tasbih aytishi
Аbdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz moʼʼjizalarni baraka deb hisoblar edik. Sizlar ularni qoʼrqitish deb hisoblaysizlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edik. Suv oz boʼlib qoldi. Bas, u Zot: «Ortib qolgan suv boʼlsa, olib kelinglar», dedilar. Ozgina suvi bor bir idishni olib keldilar. Rasululloh alayhissalom qoʼllarini idishga kiritib turib: «Muborak tahorat suviga shoshilinglar! Baraka Аllohdan», dedilar. Batahqiq, suvning u Zotning panjalari orasidan otilib chiqayotganini koʼrdim. Shubhasiz, yeyilayotgan taomning tasbih aytayotganini eshitar edik».
Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan. Uning lafzida: «Batahqiq, taomni Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam ila yer edik. Biz taomning tasbih aytayotganini eshitar edik», deyilgan.
Oz xurmoni koʼpaytirib haqdorlarga yetkazish
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Otam vafot qildi. Uning zimmasida qarzi bor edi. Paygʼambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib: «Otam oʼz zimmasidagi qarzni qoldirdi. Menda uning xurmosidan chiqadigan narsadan boshqa hech narsa yoʼq. Uning yillar boʼyi chiqargani ham zimmasidagi qarzga yetmaydi. Men bilan borsangiz, haqdorlar menga qattiq tegmasalar», dedim. U zot men bilan xurmo xirmonlaridan bir xirmon atrofida yurdilar-da, Аllohga duo qildilar. Keyin boshqasini ham shundoq qildilar va uning ustiga oʼtirib olib: «Uni oʼlchab olinglar», dedilar. Ularga haqlarini toʼliq qilib berdilar. Yana ularga bergan narsalaricha ortib qoldi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Xurmo shoxining u Zotga zorlanishi
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Masjidning shifti xurmo shoxlari ustiga yopilgan edi. Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam oʼsha shoxlardan biri suyanib turib xutba qilar edilar. U Zotga minbar qilib berilganda va u Zot unga chiqqanlarida haligi shoxning homilasiga oʼn oy toʼlgan tuyaning ovoziga oʼxshash ovozini eshitdik. Shunda Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam kelib, uning ustiga qoʼllarini qoʼygan edilar, u jim boʼldi.
Boshqa bir rivoyatda: «Juma kuni boʼlganda va u Zot minbarga koʼtarilganlarida, xurmo buvak yigʼlagandek ovoz chiqardi», deyilgan.
Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilgan.
Termiziyning lafzida: «Bas, xurmo shoxi urgʼochi tuya zorlangandek zorlandi. Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam tushib uni ushlagan edilar, sokin boʼldi», deyilgan».
Daraxtning u Zotga boʼysunishi
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan yurib borib keng vodiyga tushdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qazoi hojat uchun ketdilar. Men ortlaridan bir idishda suv olib bordim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nazar solib, oʼzlariga toʼsiq boʼladigan narsa koʼrmadilar. Vodiyning chetida ikki daraxt koʼrinib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning biri tomon yurib ketdiilar. Uning shoxlaridan birini tutib turib: «Аllohning izni ila menga ergash», dedilar. Bas, u ul Zotga xuddi burnidan halqa oʼtkazilgan tuya oʼz yetakchisiga ergashganiga oʼxshab ergashib ketdi. U Zot boshqa daraxtning oldiga kelib, uning shoxlaridan birini tutib turib: «Аllohning izni ila menga ergash», dedilar. Bas, u ham ul Zotga ergashdi. Ikkovlarining oʼrtasiga yetganda ularni ulab turib: «Ikkingiz, Аllohning izni ila, meni toʼsingiz», dedilar. Ular bir-birlariga kirishdilar. Jobir aytadiki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening yaqindaligimni sezib qolib uzoqlashmasinlar deb, tezlab u yerdan ketdim. Oʼtirib, oʼzimga oʼzim gapirib bir oz vaqtni oʼtkazibman. Qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men tomon kelmoqdalar. Ikki daraxt esa ajrab har biri oʼz oʼrniga oʼrnashibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshlarini qimirlatib, bundoq-bundoq deganlarini koʼrdim. Soʼngra yurib oldimga keldilar va: «Ey, Jobir, mening maqomimni koʼrdingmi?» dedilar. «Ha, yo Rasululloh», dedim men».
Muslim rivoyat qilgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

siyrat.uz/maqola/47

Paygʼambar alayhissalomning moʼʼjizalari