CHOʻNGARA-GʻALCHA GAZNEFT KONI
CHOʻNGARA-GʻALCHA GAZNEFT KONI — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoʻqon sh. dan 35 km jan. da, Olay togʻlarining togʻ oldi qiyaliklaridagi Gʻalcha, Choʻngara, Shim. Soʻx antiklinallarida joylashgan. 1949-y. da ochilgan. 1950-y. dan foydalanishga togapirilgan. Kon Choʻngara va Gʻalcha strukturalarining sharkiy periklinal botikligida joylashgan. Choʻngara antiklinal strukturasi kichik boʻlib, baqgriyasoʻx yotqiziklari boʻyicha uz. 6 km, eni 1,3 km, asimmetrik tuzilishga ega, kenglik boʻyicha choʻzilgan. Gʻalcha strukturasi Choʻngara strukturasiga nisbatan jan. roqsa joylashgan boʻlib, subkenglik boʻyicha choʻzilgan gumbazi yassi va keng. Konda jami 118 ta burgʻi qudugʻi kazilgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziklarini ochgan. 1958—60 ylarda Choʻngara va Gʻalcha maydonlaridagi (4gorizont) neft uyumi yaxlit ekanligi maʼlum boʻldi.
Ensiklopediya.uz
CHOʻNGARA-GʻALCHA GAZNEFT KONI