HUJAYRA MARKAZI

HUJAYRA MARKAZI

HUJAYRA MARKAZI, sentriol (lot. sepspit, yun. kepGgop — oʻrta nuqta, markaz) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasi organoidi. asosiy vazifasi boʻlinayotgan hujayra qutblarini belgilash. Hujayra markazi silinr shaklidagi 2 ta kichik boʻlakchadan tashkil topgan; biri ikkinchisiga nis-batan toʻgʻri burchak hosil qilib joylashadi. Hujayra markazi har biri 3 ta mikronay-chadan iborat 9 ta bogʻlamni oʻz ichiga oladi. Hujayra markazi — sitoplazmaning oʻzidan-oʻzi koʻpayadigan organoidi. Koʻpayishi oqsil kichik boʻlakchalarining oʻzi-oʻzini yigʻish jarayoni orqali amalga oshadi. Hujayra markazi hujayraning boʻlinishida muhim ahamiyatga ega. Undan boʻlinish duklari oʻsa boshlaydi.

Ensiklopediya.uz
HUJAYRA MARKAZI