HAMROYEV
HAMROYEV Razzoq (1910.30.11 – shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻi — 1981.5.5, Toshkent) — aktyor, rej., pedagog. Oʻzbekiston xalqartisti (1951). Xalqartisti (1973). Toshkentdagi oʻlka erlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rej., bosh rej., badiiy rahbar (1931—45). 1946-y. dan Muqimiy teat-rida aktyor, rej., bosh rej. (1959—76), 1977-y. dan rej. Ayni vaqtda, 1954-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida dars bergan, prof. (1978-y. dan). «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla)dagi Nozim, «Rustam» (U. Ismoilov)dagi Rustamlar Hamroyevning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. Hamroyev sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin» musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, «Navoiy» (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F. Shiller, «Makr va muhabbat»), Pantalone (K. Gossi, «Malikai Turondot»), Arslon (K. Yashin, «Tor-mor»), Muqimiy (S. Abdulla, «Muqimiy»), Hamza (K. Yashin, A. Umariy, «Hamza»), Trufaldino, Kavaler (K. Goldoni, «Ikki boyga bir malay», «Musofirxona bekasi»), Malvolio (U. Shekspir, «Oʻn ikkinchi kecha»), Melivoy (H. Gʻulom, «Toshbolta oshiq») kabi obrazlari ham mashhur.
Ensiklopediya.uz
HAMROYEV