CHIBIS

CHIBIS

CHIBIS (Vanellus vanellus) — rjankasimonlar oilasiga mansub qush. Uz. 30 sm ga yaqin. Qanotlari keng. Boshida uzun va ingichka kokili bor. Yevrosiyoda tarqalgan. Uchib ketuvchi qush. Koʻpincha koloniya boʻlib botqoqliklar, oʻtloqlar va b. dalalarda uya quradi. 4 ta tuxum qoʻyadi. Ayrim joylarda tuxumlari ovqatga ishlatiladi. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida uchraydi.

Ensiklopediya.uz
CHIBIS