HUJAYRA DEVORI

HUJAYRA DEVORI

HUJAYRA DEVORI, oʻsimliklar hujayrasi poʻsti (tetgapa se11i1aye) — hujayra membranasi sir-tidagi tuzilma; hujayrani mustahkam qilib turadi; unga shakl beradi; pro-toplastni himoya qiladi. Koʻpchilik oʻsimliklarning Hujayra devori yogʻochlanib, tayanch funksiyasini bajaradigan oʻziga xos oʻsimlik skeletini hosil qiladi. Yuqori molekulali uglevodlar — sel-lyuloza molekulalari Hujayra devorining asosini tashkil etadi. Bu molekulalar murakkab boylam (fibrillalar) ga toʻplanib, Hujayra devori uchun sinch vazifasini bajaradi. Hujayra devori tarkibida gemitsellyuloza, pyoktin boʻladi. Toʻqimaning xiliga qarab, uning hujayrasi devori tarkibida boshqa organik (lignin, kutin, suberin, mum oqsil) va anorganik moddalar (kalsiy tuzlari, qum) boʻlishi mumkin. Hujayra devorining barcha moddalari, odatda, protoplastda sintez qilinadi. Uglevodlarni, asosan, Golji apparati sintezlaydi. Hujayra devori birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi Hujayra devori yupqa, gemitsellyuloza va pek-tinga boy boʻlib, meristema va oʻsayotgan, baʼzan doimiy hujayralar uchun xos. Birlamchi Hujayra devori matriksida sellyuloza fibrillari tartibsiz oʻrnashgan. Birlamchi Hujayra devorining ayrim qismlari juda yupqa boʻlib, ularda naychalar joylashgan. Naychalar orqali plazmodesmalar (qoʻshni hujay-ralar protoplastlarini tutashtirib turuvchi sitoplazmatik ipchalar) oʻtadi.

Ensiklopediya.uz
HUJAYRA DEVORI