HIQILDOQ
HIQILDOQ (agupx) — nafas yoʻlining burun boʻshligʻidan keyingi qismi boʻlib, ovoz hosil qilish vazifasini ham bajaradi. Hiqildoq havoning traxeyaga oʻtishini taʼminlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga toʻsqinlik qiladi. Havo burun boʻshli-gʻidan oʻtganda isiydi, tozalanadi, namlanadi, avval halqumning burun-halqum qismiga, keyin ogʻiz qismiga va nihoyat, Hiqildoqqa yetib boradi. Lekin ogʻiz bilan nafas olganda ham havo ogʻiz boʻshligʻidan Hiqildoqqa yetib boradi, bunda havo isimaydi va tozalanmaydi, shuning uchun burundan nafas olish toʻgʻri va foydali.
Ensiklopediya.uz
HIQILDOQ