TOSHKENT AVIATSIYA INSTITUTI
TOSHKENT AVIATSIYA INSTITUTI — aviatsiya va kosmik sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1995-y. da ToshTU ning samolyotsozlik fti, Kiyev xalqaro fuqaro aviatsiya intining Toshkent sh. dagi filiali, Toshkent aviatsiya texnikumi hamda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasining oʻquvmashgʻulot markazi negizida tashkil qilindi. Intda 5 ft: umumtexnika, aviakoinot, fuqaro aviatsiyasi, sirtqi va malaka oshirish ftlari bor. Unda 23 ta kafedra, kompyuter texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tatbiq qilish va masofaviy taʼlim tizimini shakllantirish muammolari bilan shugʻullanadigan «Axborot taʼlim markazi» va Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya sohasining muammolari ustida i. t. lar olib boradigan 4 ta markaz: «Aviatsiya ilmiy-texnika markazi», «Marketing tadqiqotlari markazi», «Oʻquvilmiy ishlab chiqarish. markazi» va «Til markazi» mavjud. Ularning faoliyati Oʻzbekiston va jaxrn bozorini chuqur marketing taxlili asosida oʻrganish, texnologik jarayonlarni yangi zamonaviy tadqiqotlar asosida avtomatlashtirish, korxonalar mugaxassislarining malakalarini oshirish kurelarini tashkil qilish, konsalting xizmatlarini tashkil qilish, intda oʻquv va i. t. faoliyatini takomillashtirish borasida yangi oʻquv, uslubiy va ilmiy ishlarni rivojlantirishdan iborat.
Ensiklopediya.uz
TOSHKENT AVIATSIYA INSTITUTI