TANBUR

TANBUR

TANBUR — qad. torli musiqa cholgʻu asbobi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson T. ining parda tuzilishi keltirilgan. Oʻzbek, tojik, uygʻur va b. xalklarda professional soz sifatida kengtarqalgan. Noksimon oʻyma kosasi yoʻgʻon va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yogʻochidan yasaladi; umumiy uz. 110— 130 sm. Kosasining qopqogʻi, koʻpincha, yupqa yogʻoch taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Pay ip bilan bogʻlangan 16—19 pardasi boʻlib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga koʻra yuqori yoki pastga surib qoʻyiladi. Kosa krpqogʻida choʻpdan yana 4 ta xaye pardasi boʻladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yukrridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, baʼzan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Tanbur qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. T. Oʻzbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli oʻlaroq, diatonik tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yoʻgʻon (diametri 3 mm gacha) boʻlganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha oʻzgartirish mumkin. Mazkur yoʻl bilan Tanburda kuylarga oʻziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi. Tanburning oʻziga xos nozik va taʼsirchan ovozi, keng diapazoni tufayli Buxoro Shashmakrmi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vokal qismlarda) joʻrnavoz soz hisoblanadi. Tanburning keng badiiy imkoniyatlari Tanbur Alimatov va uning shogirdlari talqinida namoyon boʻlmoqda. Tanburning chortor (4 t nb torli), panjtor (5 torli), an urʻ shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllaniladi. Oʻzbek bastakorlaridan Hoji Abdulaziz, J. Sultonov, F. Mamadaliyev, O. Hotamov, kompozitorlardan Sayfi Jalil («Qalbimda»), M. Mahmudov («Navo» simfoniyasi), M. Bafoyev («Lison uttayr») va b. T. imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.

Ensiklopediya.uz
TANBUR