TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI — maʼmuriyhududiy birlik. Rossiya imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-y. 11 iyul). Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi generalgubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladyutant K. P. fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867 — 81) Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni «Turkistonning bunyodkori» deb ulugʻlashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-y. 22 yanv.)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalklarining «katta ogʻasi» deb atagan.

Ensiklopediya.uz
Turkiston general-gubernatorligi