TUBUAI

TUBUAI

TUBUAI, Ostral orollari — Tinch okeandagi orollar guruhi, 5 ta oroldan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Mayd. 174 km2. Orollarning koʻpchiligi vulkan orollari, eng baland joyi 435 m. Mariyamarjon oroli. Iqlimi tropik, passatli iklim. Kokos palmasi, banan plantatsiyalari bor. Yevropadan sabzavot keltirib ekiladi. Orolni 1777-y. da ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ilk bor yevropaliklarga maʼlum qilgan.

Ensiklopediya.uz
TUBUAI