TOVUQSIMONLAR
TOVUQSIMONLAR (Galliformes) qushlar turku mi. Ikki katta oila (krakslar va qirgʻovullar), besh oila (krakslar, xastovuklar, qirgʻovullar, kurkalar, qurlar)ga mansub 250 turi mavjud. T. Antarktidadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Tanasi 12 sm dan (bedana) — 235 sm gacha (arguslar), ogʻirligi 80—120 g dan (vedana) — 16 kg gacha (karqurlar). Tumshugʻi qisqa, mustahkam. Oyoklari baquvvat. Qanotlari katta, lekin yomon uchadi. Pati qalin, pari siyrak. Tovuqsimonlarning nari modasiga nisbatan yirik va rangdor. Baʼzi turlarining yuz qismi patsiz, etli oʻsmalari boʻladi. Koʻpchilik turlari oʻtroq yashaydi yoki koʻchib yuradi. Ayrim turlari (mas., bedana) qishda uchib ketadi. Koʻpchilik turlari poligam (q. Poligamiya). Sodda uyasini, asosan, yerga yasaydi. Odatda, yilda bir marta 2—25 ta tuxum qoʻyadi; 12—30 kun bosadi. Xastovuklar tuxumini qum yoki chiriyotgan barglarga koʻmib qoʻyadi. Asosan, oʻsimliklar urugʻi, kurtagi, mevasi va bargi bilan oziklanadi. Hasharotlar, chuvalchanglar va b. mayda hayvonlarni ham yeydi. Tovuqsimonlar ovchilik va naslchilik ishlarida katta ahamiyatga ega. Tutqunlikda yaxshi koʻpayadi. Noyob va kamayib borayotgan turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va bir qancha mamlakatlar Qizil kitobiga, Zarafshon qirgʻovuli Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ensiklopediya.uz
TOVUQSIMONLAR