TIRE

TIRE

TIRE (frans. tiret — chiziqcha; choʻziq narsa) — hoz. oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, gorizontal chiziqcha (—) shaklidagi tinish belgisi. Tire rus yozuvida 18-a. dan, oʻzbek yozuvida esa 19-a. ning 70-y. laridan qoʻllana boshlagan. Aralash holda, yaʼni gapning boshida va oʻrtasida, shuningdek, yakka va takror (qoʻshaloq) holda qoʻllanuvchi tinish belgilaridan. Tire yakka holda qoʻllanganda, gaplar va gap boʻlaklarini ajratish, takror (qoʻsh T.) holda ishlatilganda esa, maʼlum boʻlaklarni chegaralash, chegaralangan boʻlakning maʼnosini taʼkidlash, boʻrttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

Ensiklopediya.uz
TIRE