TAʼMIRLASH

TAʼMIRLASH

TAʼMIRLASH — biror narsani asli xoliga oʻxshatib yoki asliga yaqinlashtirib tiklash, bunyod etish; maʼlum qiymatga ega qad. sanʼat asarlari va moddiymadaniy yodgorliklarni tuzatish, yaxshilash, yarokli holga keltirish. Meʼmorlikda Taʼmirlash tarixiy inshootlarni qisman yoki toʻla dastlabki qiyofasiga keltirish (restavratsiya), keng maʼnoda tarixiy bino yoki majmuani oʻzgartirib qayta qurish (rekonstruksiya) jarayonini ifodalaydi. Koʻlami jihatidan Taʼmirlash juzʼiy (maʼlum kismi) yoki yoppasiga (butunlay) oʻtkazilishi mumkin. Zamonaviy Taʼmirlash nazariyasi boʻyicha Taʼmirlashning maqsadi tarixiy binoning qad. asl koʻrinishini kelgusidagi buzilishlardan saklab qolish chorasini koʻrishdir. Taʼmirlash sintetik va analitik uslublarga ajratiladi. Sintetik Taʼmirlashda meʼmoriy yodgorlikning dastlabki butun holatiga keltirish, analitik (arxeologik) Taʼmirlashda esa asl qismlarni buzilishlardan toʻxtatib qoʻyish. Taʼmirlash uslubi uzoq oʻtmishga ega. Oʻzbekistondagi qad. yodgorliklar pishiqpuxta, chidamli va mukammal qilib qurilganiga qaramay, davr ularning jozibasi va koʻrkini astasekin yemirib borgan. Keyingi yillarda Oʻzbekistondagi barcha madaniy yodgorlik va obidalarda Taʼmirlash ishlary keng koʻlamda olib borilmoqda. Taʼmirlashni muvaffaqiyatli bajarish uchun tajribali xalq ustalari (Usta Shirin Murodov, Toshpoʻlat Arslonqulov, Shamsiddin Gʻofurov, Quli Jalilov, Abdulla Boltayev, Mahmud Usmonov, Saidmahmud Norkoʻziyev va b.) dan Taʼmirlash qoidalaridan oʻrinli va mohirona foydalanish talab qilingan va ular shunga rioya qilgan holda ijobiy rivojlantirganlar.

Ensiklopediya.uz
TAʼMIRLASH