TOʻRQANOTLILAR

TOʻRQANOTLILAR

TOʻRQANOTLILAR (Neuroptera) toʻla oʻzgarish bn rivojlanuvchi hasharotlarning turkumi. 500 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, tropik mamlakatlarda koʻp tarqalgan. Tanasining uz. 2—20 mm, qanotlari yozilganda 6—75 mm. 4 ta pardali qanotida tomirlari toʻrsimon joylashgan (nomi shundan). Katta yoshdagilarinint ogʻiz apparati kemiruvchi tipda, lichinkalari sanchib soʻruvchi. Yetuk hasharotlar quruqlikda yashaydi. Lichinkalari suv qirgʻogʻida, oʻsimliklarda (tillakoʻzlar), kanallar va cherveslar koloniyasida, chuchuk suv bulutlarida rivojlanadi. Toʻrqanotlilar yirtqich; hasharotlar va b. boʻgʻimoyoklilar bn ovqatlanadi. Lichinkalari tutgan oʻljasini jagʻlari bn tishlab yaralaydi va shu yara orqali hazm shirasini yuboradi, tayyor suyuq mahsulotni soʻradi. Zararkunandalarni yeb, foyda keltiradi.

Ensiklopediya.uz
TOʻRQANOTLILAR