TURON TEKISLIGI
TURON TEKISLIGI, Turon pasttekisligi — Oʻrta Osiyoning shim. gʻarbiy va markaziy qismi hamda Qozogʻistonning jan. gʻarbida joylashgan tekislik. Shim. gʻarbda Ustyurtning shim. gʻarbi boʻylab Sharqiy Yevropa tekisligi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi), Jan. Ural (Mugʻojarning sharqiy chekkasi, Uralorti penepleni), shim. da Gʻarbiy Sibir (Toʻrgʻay platosining shim. sharqiy tik yon bagʻri boʻylab), Qozogʻiston past togʻlari bilan (uning gʻarbiy chekkasi boʻylab), shuningdek, Betpakdala choʻli, BalxashOlakoʻl botigʻining shim. chekka qismlari boʻylab chegaralanadi. Jan. sharkda va jan. da Oʻrta Osiyo togʻlari (Jungʻariya Olatovining sharqiy, Tyanshanning shim., OlayHisor togʻlarining gʻarbiy, Paropamiz va Kopetdogʻ togʻlarining shim. etaklari), gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.
Ensiklopediya.uz
TURON TEKISLIGI