TURKESTANSKIE VEDOMOSTI
«TURKESTANSKIE VEDOMOSTI» («Turkiston vedomostlari») — Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gaz. Turkiston generalgubernatori Kaufman tomonidan chop etilgan. 1870-y. dan Toshkentda (1872-y. iyul — 1873-y. fev. da Peterburgda) rus tilida nashr qilingan. Dastlab gaz. bir maromda chiqmagan. 1870-y. da fakat 17 ta soni chop etilgan. Keyingi yildan boshlab haftasiga 1-marta, 1903-y. dan oyiga 3—4-marta, 1907-y. dan kundalik gaz. sifatida chiqa boshlagan. Gaz. ning 6406 soni bosilgan. «Turkestanskiye vedomosti» faoliyatiga bevosita generalgubernator xizmatidagi harbiylar rahbarlik qilishgan. Piyoda qoʻshinlar ofitseri N. A. Mayev 1892-y. ga qadar muharrir boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
TURKESTANSKIE VEDOMOSTI