TUZKON

TUZKON

TUZKONJizzax viloyatidagi koʻl. Jizzax sh. dan 56 km shim. gʻarbda. Nurota tizmasining tarmogʻi — Pistali togʻdan sharqroqda. Koʻl suv va shamol taʼsirida paydo boʻlgan; shim. va shim. gʻarb tomonga bir oz choʻziq. 1969-y. iyul oyida Arnasoy suvi sathining koʻtarilishi natijasida Tuzkon tor boʻgʻoz orqali Aydar koʻli bilan qoʻshilib, uning mayd. 400 km2ga yetgan. Koʻlga Qili daryosi va Oqbuloq kollektori quyiladi; suv oqib chikmaydi. Mayd. 705 km2. Eng chuqur joyi 20 m. Qirgʻoklari, asosan, tekis. Gʻarbiy va sharqiy sohillarida tepaliklar uchraydi. Jan. va jan. sharqiy sohillari botqoqlik va qamishzor.

Ensiklopediya.uz
TUZKON