TUXSI

TUXSI

TUXSI — turkiy qabilalardan biri. Tuxsilar 7—8-a. larda turkiy kabila ittifoqi tarkibida boʻlib, Turkash xoqonushgining siyosiy hayotida faol qatnashgan. Tuxsilar 8—10-a. larda Yettisuv va Issiqkoʻlning jan. da yashagan. Ular, asosan, koʻchmanchi chorvador boʻlganlar. 766 i. qarluklar Yettisuvni egallagach, Tuxsilar ular tarkibiga kirib, oʻzbek elatining shakllanishida faol qatnashgan. 10—11-a. lar davomida Tuxsi larning katta kismi Movarounnahr hududiga koʻchib kelib oʻtroqlashgan va mahalliy aholiga aralashib, keyinchalik oʻz etnik nomlarini batamom unutib yuborgan.

Ensiklopediya.uz
TUXSI