ESKI OʻZBEK TILI

ESKI OʻZBEK TILI

ESKI OʻZBEK TILI — turkiy tillartsht qarluq guruhiga mansub tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida oʻzidan oldingi davrlar (mas, qoraxoniylar — 11 —12-asrlar; Oltin Oʻrda — 13—14-asrlar)ning adabiylisoniy anʼanalari taʼsiri ostida shakllangan va 14-asr 2-yarmidan 19-asr oxirlarigacha mavjud boʻlgan yozma kitobiy til. Oʻzbek tili tarixini davrlashtirish va bunda Eski oʻzbek tilining oʻrni va qaysi davr (yillar)ni qamrab olishi haqida yagona fikr mavjud emas. Oʻzbek tili tarixini davrlashtirish boʻyicha rus olimlaridan S. Ye. Malov, P. M. Melioranskiy, A. N. Samoylovich, A. K. Borovkov, A. M. Shcherbak, venger olimi Ya. Ekman, oʻzbek olimlaridan O. Usmonov, Gʻ. Abdurahmonov, U. Tursunov bilan B. Oʻrinboyev, AMuxtorov bilan U. Sanaqulov va boshqalarning tadqiqotlari mavjud (ularning baʼzilarida «Eski oʻzbek tili» termini oʻrnida «turkiy», «chigʻatoy tili», «Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tili» terminlari qoʻllangan).

Ensiklopediya.uz
ESKI OʻZBEK TILI