TIBBIYOT GENETIKASI

TIBBIYOT GENETIKASI

TIBBIYOT GENETIKASIodam genetikasining bir boʻlimi. Irsiy kasalliklar, ularni aniklash, davolash va oldini olish usullarini oʻrganadi. Tibbiyot genetikasi irsiy kasalliklarni oʻrganishda odam genetikasining hamma usullari (geneologik, biokimyoviy, immunologik usullar va egizaklar usuli)dan foydalanadi. 20-a. ning 60-y. larida sitogenetik tadqiqot usullari va biokimyoviy testlar katta ahamiyat kasb etdi. Irsiy kasalliklar jinsiy hujayralarning xromosomalaridagi oʻzgarishlarga bogʻliq ekanligi aniqlandi. Mac, xromosomalar soni yoki strukturasining oʻzgarishi bir qancha kasalliklar (Daun kasalligi va b.) ga sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
TIBBIYOT GENETIKASI