TARJIMON

TARJIMON

«TARJIMON» — Boqchasaroyda Ismoil Gasprinskiy muharrirligida chop etilgan gazeta. 1soni 1883-y. 10 apr. da chiqqan va shartnomaga koʻra ikki — mahalliy va rus tilida boʻlib, biri ikkinchisining aynan tarjimasidan iborat boʻlgan. Keyinchalik I. Gasprinskiy mavzular doirasidan tarjimalar nisbati va koʻlamigacha oʻzgartirib borishga va gaz. ni turkislom dunyosining, ayniqsa Rossiya musulmonlarining chinakam milliy gaz. siga aylantirishga erishgan. Gaz. 1914-y. 11 sent. — Ismoilbek Gasprinskiy vafotiga qadar uning noshirligi va muharrirligida chiqqan. Soʻng bu ishni oʻgʻli Rifʼat va safdoshi Hasan Sabriy davom ettirganlar. «Tarjimon» dastlabki yillarda haftada 1, 1903-y. dan — 2, 1905-y. dan — 3-marta chiqqan. 1912-y. dan kundalik gaz. ga aylangan. Jami 2826 soni chiqqan. Gaz. ga 1905-y. da «Olami nisvon» («Ayollar olami»), 1910-y. dan «Olami sibyon» («Bolalar olami») gazlari ilova sifatida chiqarilgan. Obunachilari 5000 tagacha yetgan. «Tarjimon»ning mushtariylari Turkistonda ham koʻpchilikni tashkil qilgan.

Ensiklopediya.uz
TARJIMON