«Sputnik V»ning COVID-19ning og`ir holatlariga qarshi 100% natija ko`rsatgani ma`lum qilindi

«Sputnik V»ning COVID-19ning og`ir holatlariga qarshi 100% natija ko`rsatgani ma`lum qilindi

«Sputnik V» vaksinasining samaradorligi og`ir holatlarga qarshi 100% ga natija berdi, deya xabar bergan RIA Novosti preparat ishlab chiqaruvchilariga asoslanib.

Ma`lum qilinishicha, tadqiqotning uchinchi bosqichida vaksinaning umumiy samaradorligi 91,4 foizni tashkil etgan.

«Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlari orasida 20 ta og`ir holat qayd etilgan, vaksinani olgan guruhda kasallikning og`ir holatlari bo`lmagan», deydi ishlab chiquvchilar.

Ta`kidlanishicha, emlashning umumiy samaradorligi tadqiqot protokolida belgilangan uchta statistik ahamiyatga ega nuqtalarda tasdiqlangan. Ushbu ma`lumotlar «Sputnik V»ni boshqa mamlakatlarda tezkor ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etiladigan hisobotga asos bo`ladi.

Rossiya investisiya jamg`armasi rahbari Kirill Dmitrievning so`zlariga ko`ra xalqaro farmasevtika kompaniyalari Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirmoqda.

«Sputnik V» komponentlarini boshqa vaksinalar bilan birgalikda ishlatish ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin», deb ta`kidladi Kirill Dmitriev.

 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
«Sputnik V»ning COVID-19ning og`ir holatlariga qarshi 100% natija ko`rsatgani ma`lum qilindi