Vitaminlarni o`zboshimchalik bilan ko`p miqdorda qabul qilish zararli emasmi?

Vitaminlarni o`zboshimchalik bilan ko`p miqdorda qabul qilish zararli emasmi?

Vitaminli komplekslarni suiiste`mol qilish gipervitaminoz holatini keltirib chiqarishi mumkin. U esa foydali moddalar va mikroelementlar tanqisligidan ko`ra xavfliroq.

D vitamini yoki A vitamini gipervitaminozi sog`liq uchun xavfsiz emas. Ustiga-ustak, ko`pgina polivitaminlar dori emas, bioqo`shimcha sifatida ro`yxatga olinishini unutmaslik kerak.  

Statistikaga ko`ra, jigar toksik zararlanishining to`rtdan ikki qismi tegishli tartibda sertifikatlashtirilmagan bioqo`shimchalar bilan bog`liq.

Ko`ngil aynishi, lohaslik, charchoq, ajralayotgan peshob miqdori kamayishi shular jumlasidan. D gipervitaminozida qayt qilish, ya`ni intoksikasiyaning barcha alomatlari bor.

Agar taomnoma sifatli mahsulotlardan tashkil topgan va meva-sabzavotlarga boy bo`lsa, qo`shimcha vitaminlarni qabul qilishga zarurat yo`q.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Vitaminlarni o`zboshimchalik bilan ko`p miqdorda qabul qilish zararli emasmi?