Olimlar koronavirusning organizmda ko`payishini to`xtatuvchi fermentni aniqlashdi

Olimlar koronavirusning organizmda ko`payishini to`xtatuvchi fermentni aniqlashdi

Germaniyadagi Tyubingen universitetining bioinformatika bo`yicha mutaxassislari koronavirusning inson organizmida ko`payishiga ta`sir ko`rsatuvchi fermentni aniqlashdi. Bu haqdagi xabar O`zbekiston SOg`liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanalida e`lon qilindi.

Ta`kidlanishicha, ushbu fermentsiz virus organizmda ko`paya olmaydi. Ushbu kashfiyot virusga qarshi yangi dori vositalarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.

Olimlar koronavirusning odam o`pkasida tarqalishining kompyuter modelini yaratishgan. Unga ko`ra, virus hujayraga kirganda uni virusning organizmda yanada tarqalishi uchun o`ziga xos “darvoza” hisoblanuvchi muayyan moddalarni ishlab chiqarishga majbur qiladi.

Bunda virus uchun guanilatkinaza 1 yoki GK1 deb nomlanuvchi ferment alohida ahamiyat kasb etadi. Germaniyalik olimlar tadqiqot davomida ushbu fermentni organizmdan vaqtincha olib turishga muvaffaq bo`lishgan. Shundan keyin virus “och qolib”, ko`payishdan to`xtagan.

Olimlarning ta`kidlashicha, insonning sog`lig`i organizmda GK1 fermentining mavjudligiga bevosita bog`liq emas va ushbu fermentning vaqtincha ishlab chiqarilishini to`xtatib turish mumkin.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Olimlar koronavirusning organizmda ko`payishini to`xtatuvchi fermentni aniqlashdi