TERRASA

TERRASA

TERRASA (frans. terrasse, lot. terra — yer) — 1) (geol. va geogr. da) daryo, koʻl va dengizlar qirgʻoqlari hamda togʻlarning yon bagʻirlaridagi kelib chiqishi turlicha boʻlgan, tik yon bagʻir bilan chegaralangan gorizontal yoki nishab tabiiy sahn; shuningdek, ular dengiz sathidan pastda suv tagida ham uchraydi. Terrasa yakka holda yoki ustmaust joylashgan boʻlib, zinapoya koʻrinishga ega. Terrasa tektonik koʻtarilishlar, iklimning oʻzgarishi natijasida dare oʻzanining vaqtvaqti bilan oʻyilishi, dengiz va koʻllar sathining pasayishi natijasida vujudga keladi. Erozion, erozionakkumulyativ va akkumulyativ Terrasa farqqilinadi. Erozion Terrasa tektonik koʻtarilishlarning kuchayishi, suv oqimining koʻpayishi va daryolar quyiladigan dengiz va koʻllar sathi (bazis eroziya)ning pasayishi oqibatida kelib chiqadi hamda tub jinslardan tuzilgan boʻladi. Erozionakkumulyativ Terrasaning yuqori qismi dare yotqiziqlari (allyuviy), pastki qismi tub togʻ jinslaridan iborat. Akkumulyativ Terrasa faqat daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo Terrasasi keng tarqalgan boʻlib, ular daryo oʻzani va qayirining osti hisoblanadi. Terrasaning soni erozion sikllar va ularda daryo yotqiziqlarining toʻplanish sonini koʻrsatadi. Eng yuqori Terrasa nisbatan qad., pastdagisi eng yoshi hisoblanadi. Daryo vodiysidagi Terrasa soni turlicha boʻladi. Mac, Chirchiq daryosining quyi qismida 4—5 ta, yuqori qismida 20 dan ortiq Terrasa bor. Eng keng Terrasa tekisliklarda oqayotgan daryolarda boʻlib, eni oʻnlab km ni tashkil qiladi. Terrasadan qishloq xoʻjaligi. da, yoʻllar, shagʻar va qishloklar barpo etishda foydalaniladi;

Ensiklopediya.uz
TERRASA