TEODOLIT
TEODOLIT — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30» aniqlikda oʻlchaydigan Teodolitlar qoʻllaniladi. Triangulyatsiya ishlarida (yer sirti holatini aniklashda) anikdik darajasi yanada yuqori (0,5» gacha) boʻlgan Teodolit lardan foydalaniladi. Aniklik darajasi yuqori boʻlgan Teodolitlar universal Teodolit deb ataladi. Teodolitlar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin. Teodolitning asosiy qismlari — koʻrish trubasi, gorizontal va vertikal doiralar. Gorizontal doyra limb va alidadan iborat. Vertikal doyra 15° kiya burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan. Yangi optik Tlar metall limbli Tlarga nisbatan ixcham, yengil va ishlatish oson. Teodolitlar tuzilishi, anikligi va b. xususiyatlariga koʻra bir necha xil boʻladi (xisob kurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va b.).
Ensiklopediya.uz
TEODOLIT