Yurak xurujining yangi alomati aniqlandi

Yurak xurujining yangi alomati aniqlandi

Taniqli shifokor-terapevt Alka Patelning aytishicha, yoshi katta insonlarda tish og`rig`i yaqinlashib kelayotgan yurak xuruji xavfidan darak berishi mumkin. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

«Umrida ilk bor stomatologik muammoga duch kelgan odamlar, ayniqsa, bundan ogoh bo`lishi kerak», — deydi vrach.

Uning aytishicha, bu miyadan jag` qismi orqali yurakka o`tgan sayyor asab tolasi bilan bog`liq.

Bundan oldin rossiyalik tibbiyot fanlari professori Aleksandr Sharandik miokard infarkti oshqozon-ichak trakti kasalligiga o`xshab ketishi mumkinligi haqida aytib o`tgandi. Uning so`zlariga ko`ra, bu holat yurakning diafragmaga yaqin pastki devori zararlangan paytda kuzatiladi.

«Agar o`sha joyda nekroz, ya`ni miokard infarkti ro`y bersa, shunday alomatlar paydo bo`ladi. Ammo buni ko`pchilik shifokorlar bilmaydi», — deydi Sharandak.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Yurak xurujining yangi alomati aniqlandi