Xitoy vaksinalari xavfsiz va samarali – O`zbekiston Innovasion rivojlanish vaziri
O`zbekiston mart oyida bir million dozadan ortiq ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini qabul qiladi. Bu haqda O`zbekiston Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Sinxua” agentligiga bergan intervyusida ma`lum qildi.
Ibrohim Abdurahmonovga ko`ra, ko`ngillilarning sinovlari shuni ko`rsatdiki, yangi koronavirusga (COVID-19) qarshi Xitoy vaksinalari xavfsiz va samarali hisoblanadi.
Xitoy vaksinasini O`zbekistonda sinovdan o`tkazishning uchinchi bosqichi o`tgan yilning dekabrida boshlangan.
«Avvalo, xitoylik sheriklarimizga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman»,– dedi Innovasion rivojlanish vaziri. Vazirning so`zlariga ko`ra, shu paytgacha 7000 dan ortiq ko`ngillilar emlangan va test yaxshi natija ko`rsatgan, emlovni olgan ko`ngillilarning aksariyati istalmagan ta`sirlar kuzatilmagan. «Bemorlarning faqat eng kichik qismida allergik reaksiyalar va isitma bor edi. Bu alomatlar hammasi nazoratga olingan va uch-to`rt kun ichida barcha emlanganlar normal hayotga qaytgan holda o`zlarini normal his qilishgan»,– deya qo`shimcha qildi Abdurahmonov.
«Ushbu vaksinalar O`zbekistonga etkazib berilgandan so`ng, taxminan mart oyining o`rtalarida biz mamlakat aholisini ommaviy emlashni boshlash niyatidamiz», dedi vazir. I. Abdurahmonov koronavirusga qarshi kurashda o`zbekistonlik olimlar va mutaxassislar xitoylik hamkasblari bilan yonma-yon ishlashganini, bu esa O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi turli xil ilmiy sohalarda, shu jumladan tibbiyotda hamkorlikni jadal rivojlantirishga katta turtki berganini ta`kidladi.
«Hozirda vaksina lisenziyani oldi, uni O`zbekistonda seriyali ishlab chiqarish bo`yicha choralar ko`rilmoqda»,– dedi Abdurahmonov.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Xitoy vaksinalari xavfsiz va samarali – O`zbekiston Innovasion rivojlanish vaziri