TOʻGʻON
TOʻGʻON — daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. Toʻgʻonlar dare suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiklimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish mil. av. 4 va 3ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, sugʻorma dehqonchilikning astasekin rivojlanib borishi tufayli Toʻgʻonlar (dambalar) qurishga extiyoj tugʻildi (q. Dehqonchilik). Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy degʻqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham sugʻorma dehqonchilikka va, demak, damba va Toʻgʻon larga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a. da asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va b. oʻstirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va b. joylarda sugorish inshootlari (sunʼiy kanallar, dambalar, toʻgʻonlar) qurilgan. Keyinchalik Toʻgʻonlar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. Oʻzbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmon soyiga 10-a. da Xonbandi toʻgʻoni (uz. 50 m, bal. 15,2 m), 12-a. da Katgaqoʻrgʻon tumanida gʻisht T. qurilgan. 16-a. da qurilgan Abdullaxon bandi T. ining bal. 15 m, uz. 83 m, eni 4,5 m boʻlgan. Oʻsha paytlarda Toʻgʻon qurilishida tuproq, tosh, ganch va b. materiallardan foydalanilgan. Beton T. lar 20-a. 20-y. laridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1 May T. i (1926 30), Kampirravot Toʻgʻoni (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va b. qurildi. 20-a. 50-y. laridan baland Toʻgʻonlar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari Toʻgʻon lari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori T. i (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon T. i (betondan) shular jumlasidan.
Ensiklopediya.uz
TOʻGʻON