Madina Mumtoz haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Madina Mumtoz haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:
O’zbek Milliy teatrining aktrisasi, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist Ra’no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 2 yoshligidanoq qo’shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina «Semurg’», «Sehrli tambur», «Zolushka» bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u «Tantana» bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so’ng O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi «Qo’shchinor» va Diyor Mahkamov bilan kuylagan «Balli» duetidir. 15 dan ortiq qo’shiqlari va «Baxtli yo’l» albomini o’z muhlislariga havola etgan. Abduvohid G’anievning «O’zimdan-o’zimgacha», Bahodir Qosimovning «Yuzma-yuz» filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda «Nihol» mukofoti sovrindori bo’ldi.
instagram, Madina Mumtoz haqida, oilasi, rasmlari