TIFLOTEXNIKA
TIFLOTEXNIKA — koʻrlar, koʻzi ojizlar va koʻrkarlarni oʻqitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat koʻrsatish, koʻzi ojizlarning koʻrish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun moʻljallangan maxsus asbobsozlik sohasi. Tiflotexnika oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, oftalmologiya, koʻrish neyrofiziologiyasi, elektrofiziologiya, fiziologik optika, koʻrish gigiyenasi, ergonomika, umumiy, muhandislik va tibbiy psixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya, aloqa nazariyasi, elektronika, axborotlar nazariyasi va b. sohalarga asoslanadi. Elektron T. narsalar, vizual jarayonlar va hodisalar toʻgʻrisida koʻrlarga obyektiv axborot beradi. Koʻrlar va koʻzi ojizlarning odatdagi kitob, jurnali, gazeta va b. ni «oʻqishlari» uchun oddiy harflarni ovoz, taktil, taktiltitrama signallarga aylantirib beruvchi «oʻqish» mashinalari ishlab chiqilgan. Maxsus apparatlar maktablar va b. bilim yurtlarida u^kaziladigan lab. ishlarida koʻr va koʻzi ojizlarning atrofdagi narsalar, jarayonlar va xrdisalar toʻgʻrisida muayyan tasavvur olishlariga imkon beradi. Koʻrlarning koʻchakuyda moʻljal olishlarini osonlashtirish uchun tovush yoki taktil signalizatsiyali elektron asboblar yaratilgan, maxsus elektron hassalar ishlab chiqarilgan.
Ensiklopediya.uz
TIFLOTEXNIKA