TIAUANAKO

TIAUANAKO

TIAUANAKO (Tiahuanaco) — Shim. Boliviyadagi indeyslar shahar xarobasi va arxeologik madaniyati (mil. av. 1ming yillik oxiri — mil. 1ming yillik). Tiauanako madaniyatining markazi Titikaka koʻlidan jan. sharqsa joylashgan; bu yerdagi shahar xarobasi (mayd. 40 ga)dan turar joy kvartallari, bazalt va qumtoshdan yasalgan binolar, jumladan, bal. 15 m lik Akapapa exromi, Kalasasayya ibodatxona majmuasi, maʼbud va u tomon chopib kelayotgan afsonaviy maxluqlar tasviri tushirilgan friz (piramon)li «Quyosh Darvozasi», «Sarkofaglar Saroyi» va b. binolar xarobalari saqlangan. Tiauanako dan, shuningdek, tosh haykallar, rangli sopol idishlar va b. topilgan. Tiauanako madaniyatini yaratuvchilar Peruning markaziy qismi qabilalari bilan qardosh boʻlganlar. Ular dehqonchilik, lama boqish bilan shugʻullanganlar. Tiauanako madaniyati And viloyatining qad. sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan. Mil. 1ming yillik oxirida Tiauanako barham topib uning hududini hoz. aymara indeyslarining ajdodlari egallagan.

Ensiklopediya.uz
TIAUANAKO