TEKTONIKA
TEKTONIKA (yun. tektonikos — qurilishga oid) , geotektonika — geologiyaning boʻlimi; Yer poʻsti (litosfera)ning strukturasi, harakati, deformatsiyasi va rivojlanishi, Yerning butunicha rivojlanishi bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi fan (q. Tektonik harakatlar, Tektonik deformatsiyalar). T. ning asosiy vazifasi Yer poʻstining hoz. strukturasi, undagi turli togʻ jinslarining joylashishi va yotish sharoitlari, turlicha (kichik burmalar va siniqlardan tortib qitʼa va okeanlargacha) struktura elementlarining qonuniyatli uygʻunligini oʻrganishdan iborat. Tektonika geol. ning koʻp sohalari, ayniqsa strukturalar geologiyasi, stratigrafiya, petrografiya, litologiya, paleogeografiya, foydali qazilmalar haqidagi taʼlimot bilan bogʻliq. Tektonikada bir necha ilmiy yunalishlar mavjud. Umumiy yoki morfologik Tektonika (strukturalar geol. si deb ham ataladi) — litosferaning turli struktura elementlarini oʻrganadi. Regional Tektonika — Yer poʻstining ayrim uchastkalari yoki litosferadagi struktura shakllarining tarqalishini oʻrganadi. Tarixiy Tektonika — tektonik harakatlar va Yer pusti ayrim struktura elementlarining shakllanishi va umuman strukturalarni oʻrganadi, taraqqiyotning asosiy etap va bosqichlarini belgilaydi, uning umumiy qonuniyatlarini aniklaydi. Fatsiyalar va qatlamlar qalinligini analiz qilish yoʻli bilan turli tipdagi choʻkindi jinslar (fatsiyalar)nij maydon boʻylab taqsimlanishi, turli kesmalar va qatlamlar qalinligining oʻzgarishi oʻrganiladi. Formatsiyey analiz muayyan tektonik sharoitda hosil boʻlgan tog jinslari formatsiyasining maydonda joylashishi va vaqtini (kesma boʻyicha) aniqlaydi. Hajm metodi yordamida Yer pusti taraqqiyotining turli etap va bosqichlarida hosil boʻlgan tog jinslari yirik komplekslarining hajmlari aniqlanadi va qiyoslanadi. Choʻkindi va metamorfik qatlamlar kesmalaridagi tanaffuslar va nomuvofiqliklar analizi teknotik harakatlar faolligi oshgan fazalarni belgilahdan iborat. Regional va tarixiy Tektonika materiallaridan tektonik xaritalar tuzishda foydalaniladi. Genetik yoki nazariy T. Yer pusti va uning strukturasi taraqqiyoti umumiy nazariyasini yaratish maqsadida ularning regional va tarixiy Tektonika tomonidan aniqlangan taraqqiyet qonuniyatlarini umumlashtiradi. Bunda turli metodlar va, birinchi navbatda, struktura analizi metodi qoʻllaniladi. Bunda siljish va boshkalar bilan bogʻliq burma, yoriq, darzlik, uzilmalar kabi tektonik buzilishlarning hosil boʻlish sharoitlari va ketmaketligi qanday boʻlganligi aniqlanadi. Qiyosiy Tektonika metodi bir sinfga mansub struktura elementlarining tipomorf xususiyatlarini va ularning taraqqiyot izchilligini aniqlash uchun imkon boricha ularning koʻpini qiyosiy oʻrganishdan iborat. Turli tipdagi strukturalar genezisini oʻrganishda tobora koʻproq ahamiyat kasb etayotgan eksperimental metod koʻpincha oʻrtacha va mayda struktura shakllarini oʻxshashlik tamoyiliga asosan fizik modellash bilan shugʻullanadi. Tektonikaning yangi sohasi — tektonofizikaniit taraqqiyoti genetik Tektonika masalalarini ishlab chiqishga taʼsir koʻrsatmoqda. Neotektonika Yer tarixining eng yangi (neogenantropogen) davriga oid tektonik harakatlarni va bu davrda hosil boʻlgan strukturalarni oʻrganadi. Hoz. tektonik harakatlarni oʻrganishda maxsus metodika (asosan, instrumental geodezik metodlar) qoʻllaniladi. Tektonika bilan seysmologiyaning bir-biriga tutashib, birbirini tuldirishidan seysmotektonika vujudga keldi. Tektonika foydali qizilmalarni qidiruv va razvedka ishlarini ratsional yunaltirishga imkon beradi.
Ensiklopediya.uz
TEKTONIKA