TEGIRMON

TEGIRMON

TEGIRMON — 1) un tegirmoni — donni yanchib unga aylantiradigan qurilma, inshoot. Ibtidoiy jamoa davridayoq paydo boʻlgan. Dastlab, dondun toshlar bilan qoʻlda yanchilgan. Keyinchalik oqar suv va shamol kuchi bilan ishlaydigan Tegirmonlar qurilgan. Oʻzbekiston hududida asosan suv tegirmonidan foydalanilgan. Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma va b. qismlardan iborat. Novdan tushayotgan suv parrakka urilib, tegirmon toshini harakatga keltiradi. Tegirmon toshga tegib turadigan yogʻoch esa kosani tebratadi. Doʻladan tushayotgan don kosaning tebranishi natijasida tegirmontosh chuqurchasiga tushadi. Tosh aylanib donni ezadi, unga aylantirib, xommaga toʻplaydi. Xomma unga toʻlganda tegirmonchi Tegirmonni toʻxtatib, unni boʻshatib oladi. Qadimda Oʻrta Osiyoda ulov qoʻshib ishlatiladigan Tegirmon va qoʻl T. laridan ham keng foydalanilgan. Suv va shamol Tegirmon lari hozir ham ayrim joylarda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston hududida shamol Tegirmon yoʻq.

Ensiklopediya.uz
TEGIRMON