O`zbekistonda 700 774 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan emlanishdi
19 yanvar holatiga ko`ra, yurtimizda 700 774 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 453 351 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 247 423 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (168 803 doza), Samarqand (108 266 doza), Andijon (77 284 doza), Qashqadaryo (61 005 doza), Namangan (60 801 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda 700 774 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan emlanishdi