«Omikron» ning noodatiy belgilari aniqlandi
Ko`ngil aynishi, qusish, qorin og`rig`i va ishtaha yo`qolishi koronavirus «omikron» shtammining belgisidir. Bu haqda amerikalik shifokor Bill Admayr «WPMI-TV» telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi.
Mutaxassisning ta`kidlashicha, tadqiqotlarda «omikron» bilan kasallangan bemorlar oshqozon-ichak trakti buzilishiga xos bo`lgan ushbu alomatlar shikoyat qilishgan.
«Omikron» bilan kasallanganlarda oshqozon-ichak kasalliklari bilan og`rigan bemorlarning kasalligi zo`rayib, ko`proq alomatlar namoyon bo`ladi», dedi shifokor.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
«Omikron» ning noodatiy belgilari aniqlandi