TASPAR
TASPAR (Xitoy manbalarida Tobo xoqon, asli turkiy ismi Arslon) (? — 581) — turk xoqonlaridan biri (572 — 581). Bumin xoqonning oʻgʻli. Taspar akasi Mugʻon xoqonning vafotidan soʻng taxtga chiqqan. Taspar davrida Turk xoqonligining kuch qudrati eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Davlat chegaralari gʻarbda Qora dengizdan sharqda Manjuriyagacha, shim. da Yenisey daryosidan jan. da Amudaryogacha kengaygan. Taspar xoqon buddaviylik diniga homiylik qilgan va oʻzi ham shu dinni qabul qilgan. Buddaviylik rohibi Chinagupta oʻn yil (574—584) oʻzining dindoshlari bilan xoqon qarorgohida yashagan va targʻibot ishlarini olib borgan. Turk tiliga buddaviylikning baʼzi sutralari tarjima qilingan, xoqon qarorgohida esa bir nechta ibodatxona va monastirlar qurilgan. Uning davrida turk va sugd tillari davlat tili vazifasini oʻtagan. Tasparning vafotidan soʻng Turk xoqonligida oʻzaro urushjanjallar boshlanib ketgan va natijada, 603-y. da bu ulkan davlat 2 kiyemga boʻlinib ketgan.
Ensiklopediya.uz
TASPAR