TASIS
TASIS (Techical Assissance to Commonwealth of Indepent States) — Yevropa Ittifoqi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlariga Yevropa Ittifoqi Komissiyasi (YEIK)ning grant mablagʻlari hisobidan texnikaviy yordam koʻrsatish dasturi. 1991-y. da ishlab chiqilgan. Dastur bozor iqtisodiyotiga oʻtish va demokratik jamiyatni barpo etish jarayonini qoʻllabquvvatlash maqsadlarini koʻzlaydi. Yangi texnologiyalar kiritish uchun begʻaraz mablagʻlar ajratish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, mutaxassislardan iborat guruhlarni yuborish, professional tayyorgarlikni amalga oshirish, maxsus tadqiqotlar oʻtkazish va boshqaruv masalalarida maslahat yordami koʻrsatish va b. ni amalga oshiradi.
Ensiklopediya.uz
TASIS