TAMARA

TAMARA

TAMARA (Tamar) (12-a. ning taxm. 60y. lari oʻrtasi — 1207) — Gruziya podshosi (1184—1207). Uning davrida Gruziya katta harbiysiyosiy muvaffaqiyatlarga erishgan. Gruziya qoʻshinlari Shamxor yaqinida Ozarbayjon otabegi Abubakr va uning ittifokchilari ustidan (1194), Basiani yaqinida — Rum sultoni Rukniddin ustidan gʻalaba qilib (1202), Karsni (1204) egallaganlar va deyarli butun Zakavkazyeni Tamara oʻz hokimiyatiga boʻysundirgan. Vizantiyadan tortib olingan yerlarda Trapezund imperiyasi tuzilgan, u uzok vakt Gruziyaning taʼsir doirasida boʻlgan. Erzink sultoni, Arzirum amiri, Xilat sultoni, shuningdek, Shim. Kavkaz toglaridagi hukmdorlar Gruziyaning vassali boʻlishgan. Yirik mulqdorlar qonun chiqaruvchi hokimiyatni jamiyatning oliy tabaka vakillaridan tuzilgan majlisga berilishini, Tamaraga esa fakat ijroiya hrkimiyati huquqini qoldirishni talab etishgan. Muzokaralar natijasida Tamara davlat masalalarini yolgiz hal etish huquqidan mahrum boʻlib, uni Oliy davlat kengashi aʼzolari («Darbozi») bilan birga hal etadigan boʻlgan. Tamara davrida mamlakatda yoʻllar, koʻpriklar, karvon saroylar, kalʼalar, cherkovlar, monastirlar qurilgan. Tamara ilmfanga xrmiylik qilgan. Sh. Rustavelining «Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon» dostoni Tamaraga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
TAMARA