Allergologiya markazi bemorlar uchun bepul onlayn maslahat beradi
Bahorning ayni kunlarida yurtdoshlarimiz orasida mavsumiy allergik xastaliklar yanada avj olgan. O`cimliklar gul changlari burun shilliq pardalari, yuqori nafac yo`llari hamda ko`z kon`yunktivaciga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Bundan tashqari, oramizda allergiyaning boshqa turlaridan aziyat chekayotgan, biroq olis manzillardan poytaxtga kelishga imkon topa olmayotgan yurtdoshlarimiz ham kam emas.
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi ana shu holatlarni hisobga olib, joriy yil 12 may kuni, soat 14:00da onlayn videomuloqot tashkil etishga qaror qildi.
Ushbu muloqot davomida aholi o`rtasida keng tarqalgan allergik kasalliklar va ularning asosiy sabablari, shuningdek davolash usullari haqida ma`lumotlarlar taqdim etiladi.
Eng muhimi, ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan sohaga doir barcha savollarga malakali allergolog mutaxassislardan javob olishlari mumkin.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun:
+99878 150-96-49
+99871 214-55-03.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Allergologiya markazi bemorlar uchun bepul onlayn maslahat beradi