EDISON Tomas Alva
EDISON Tomas Alva (1847.11.2, Maylan, Ogayo shtati — 1931.17.10, UestOrinj, NyuJersi shtati) — elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi. Dastlab (12 yoshidan) gazeta tarqatuvchi, keyin telegrafchi boʻlib ishlagan. 1868-yildan ixtirochilik bilan shugʻullangan. Axborotlarni (birja kurslarini) tele graf orqali uzatish asbobini loyihalagan, koʻp karrali telegraflash boʻyicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan (1877), choʻgʻlanma lampani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan (1879). Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan taʼminlashni markazlashtirish ustida ishlagan. Kinotexnika, t. y., kon va qurilish ishlarida, kimyo va boshqalar sohalarga doir loyihalari bilan qatnashgan. Edison loyihasi boʻyicha NyuYorkda dunyodagi birinchi umumfoydalaniladigan oʻzgarmas tok elektr st-yasi qurilgan (1882). Edison effekti deb atalgan termoion emissiyani kuzatgan (1883). Nobel mukofoti laureati (1915).
Ensiklopediya.uz
EDISON Tomas Alva